OpenAI $40 mlrd jalb qildi

eʼlon qilindi
Moliyalashtirish natijasida OpenAI qiymati $300 mlrdga yetdi
OpenAI $40 mlrd jalb qildi / Foto: Futurumgroup

Sun’iy intellekt bo‘yicha yetakchi kompaniyalardan biri bo‘lgan OpenAI $40 mlrdlik yangi investitsiya jalb qildi. Investorlar guruhiga SoftBank rahbarlik qilgan bo‘lib, unda Microsoft, Coatue, Altimeter Capital va Thrive Capital ham ishtirok etdi. Ushbu sarmoyadorlar jami $10 mlrd ajratdi.

Moliyalashtirish natijasida OpenAI qiymati $300 mlrdga yetdi, bu SpaceX kompaniyasi bahosidan biroz pastroq ko‘rsatkichdir.

Yangi mablag‘lar «Yulduzlar darvozasi» loyihasi doirasida hisoblash infratuzilmasini kengaytirish va ChatGPT-ning 500 mln haftalik foydalanuvchilari uchun yanada kuchliroq vositalarni taqdim etish maqsadida sarflanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Microsoft sun’iy intellektga $80 milliard sarmoya kiritishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek