O‘zbekistonda Xitoyning yetakchi universitetlari filiali ochiladi

1-aprel kuni Shavkat Mirziyoyev Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Xalqaro aloqalar bo‘limi mudiri Lyu Szyanchao boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuv avvalida mehmon Xitoy Raisi Si Szinpinning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.
Tomonlar O‘zbekiston-Xitoy strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish, o‘zaro savdo va investitsiyalar hajmini oshirish, shuningdek, Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘li loyihasini tezkorlik bilan amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.
Shuningdek, hududlararo hamkorlikni kengaytirish, madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirish hamda parlamentlararo va partiyalararo aloqalarni mustahkamlash muhimligi qayd etildi. Oliy va professional ta’lim sohasidagi hamkorlik doirasida O‘zbekistonda Xitoyning yetakchi universitetlari filiallarini ochish masalasi ham muhokama qilindi.
Shu bilan birga, joriy yilda navbatdagi Hududlar forumi va Ta’lim forumi bo‘lib o‘tkaziladi.
Uchrashuv yakunida tomonlar erishilgan kelishuvlarni izchil amalga oshirish hamda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish borasida kelishuvga erishdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev Eron rahbarini Ramazon hayiti va Navro‘z bayrami bilan tabriklagani haqida yozgandi.