
O‘zbekistonlik bokschilar Jahon kubogini dastlabki g‘alabalar bilan boshlashdi. Braziliyada start olgan boks bo‘yicha Jahon kubogining ilk kunida ringga chiqqan uch nafar o‘zbekistonlik bokschi ishonchli g‘alabaga erishib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi ma’lum qildi.
- 55 kg: Mirazizbek Mirzahalilov – Nebil Ibrahim (Shvetsiya) 5:0
- 70 kg: Iqboljon Xoldorov – Damyan Durkach (Polsha) 5:0
- 80 kg: Javohir Ummataliyev – Alfred Kommi (Italiya) 4:1
Shuningdek, 2-aprelga o‘tar kechasi yana uch nafar bokschimiz saralash janglarida ishtirok etadi:
- 60 kg: Madiyar Daniyarov – Mishel Baldassi (Italiya)
- 50 kg: Asilbek Jalilov – Nurzat Ongarov (Qozog‘iston)
- 85 kg: Akmaljon Isroilov – Leonid Berisha (Shveysariya)
Avvalroq Kursiv Uzbekistan oltita o‘zbekistonlik bokschi «Kichik jahon chempionati» finaliga chiqqani haqida xabar bergan edi.