O‘zIQMK Osiyo taraqqiyot bankidan $30 million jalb qildi

eʼlon qilindi
Davlat kafolatisiz
Foto: O‘zIQMKning LinkedIn sahifasidan

O‘zIQMK va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasidagi muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlandi. Natijada O‘zIQMK davlat kafolatisiz $30 mln miqdorida kredit jalb qilish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu haqda kompaniya LinkedIn sahifasida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, ajratilgan mablag‘lar tijorat ipotekalari va «yashil uy-joy» loyihalarini moliyalashtirish hamda tijorat banklari orqali qayta moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

Foto: O‘zIQMKning LinkedIn sahifasidan

«Ushbu kelishuv O‘zIQMK va OTB hamkorligida muhim qadamdir. OTB bilan hamkorlikni kengaytirish, tijorat banklari uchun barqaror resurslar yaratish va aholining uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirish ipoteka kreditlari sharoitlarini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega», – dedi O‘zIQMK bosh direktori Murodjon Farmanov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq OTB Oʻzbekistonda kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash uchun $3,4 mlrd ajratishi haqida yozgan edik.

Shuningdek