Raqobat qo‘mitasi SSV huzuridagi Xaridlar markazining tenderini bekor qildi

eʼlon qilindi
Tender savdolari rasman bekor qilindi
Foto: ilixe48/Depositphotos

Raqobat qo‘mitasi «O‘zmedimpeks» DM (hozirgi nomi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Xaridlar markazi DM) tomonidan o‘tkazilgan 12,1 mlrd so‘mlik tenderni qonun talablarini buzgan deb topdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat bo‘yicha Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi «Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi» DUK tomonidan taqdim qilingan ma’lumotlar o‘rganildi.

Unga ko‘ra, tender hujjatlari ekspertiza markazi tomonidan berilgan xulosa va e’tirozlarga qaramay qisman o‘zgartirilgan, ammo barcha kamchiliklar bartaraf etilmagan. Tibbiy mikroskoplar uchun talablar aniq belgilangan, lekin qo‘shimcha parametrlar yoki muqobil variantlar inobatga olinmagan. Natijada tender hujjatlarida Olympus Corporation (Yaponiya) mahsulotlariga bog‘langanlik belgilari mavjudligi aniqlandi.

Maxsus komissiya tomonidan «Raqobat to‘g‘risida»gi qonun talablari buzilgan deb topilib, tender savdolari rasman bekor qilindi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Raqobat qo‘mitasi 54 ta sifatsiz mahsulotni savdodan qaytargani haqida yozgandi.

Shuningdek