Samarqandda ba’zi OTM va litseylar qisqa ta’tilga chiqadi

Samarqandda 1–6-aprel kunlari «Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi» sammiti sababli talabalarga navbatdan tashqari ta’til e’lon qilindi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish va shahardagi transport harakatini cheklash maqsadida ayrim oliy ta’lim muassasalari va ularning huzuridagi texnikum hamda akademik litseylarga qisqa muddatli ta’til beriladi.
Ta’til quyidagi ta’lim muassasalariga tegishli: Samarqand davlat universiteti, Samarqand davlat chet tillar instituti, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, «Ipak yo‘li» turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali, Samarqand davlat tibbiyot universiteti, O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti, shuningdek, Samarqand davlat universiteti va tibbiyot universiteti akademik litseylari hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi Siyob jamoat salomatligi texnikumi.
Ma’lumot uchun, o‘quv jarayonlari 7-apreldan davom ettiriladi. Ta’til berilgan kunlar yozgi ta’tildan qisqartiriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandga kirish yo‘llari vaqtincha yopilishi haqida yozgan edik.