Galaxy A26 uchun almashuv dasturi orqali chegirmalar e’lon qilindi

1-aprel 2025 09:40 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
galaxy a 26 uchun chegirmalar
Galaxy A26 uchun eng yaxshi chegirmalar taqdim etilmoqda / Foto: Sammobile

Samsung savdo dasturi orqali eski qurilmalarni topshirish evaziga Galaxy A26 uchun chegirmalar taklif qilmoqda. Bu haqda Sammobile nashri ma’lum qildi.

AQShda kompaniya telefonlarga qaraganda planshetlar uchun yaxshiroq almashuv shartlarini taqdim etmoqda. Masalan, Galaxy A35 modelini topshirgan mijozlar atigi $80 chegirma oladi, Galaxy Tab S9+ esa $192gacha chegirmaga ega bo‘lishi mumkin. Shuningdek, iPhone 13 $145ga baholangan bo‘lsa, 11 dyuymli iPad Pro (2-avlod) $181lik chegirma bilan almashish imkonini beradi.

Bundan tashqari, xaridorlar Galaxy Buds FE va Galaxy Fit 3 aksessuarlarini 50% chegirma bilan, Galaxy Watch FE’ni esa 40% chegirma bilan qo‘lga kiritishlari mumkin.

Galaxy A26 oldingi modellarga nisbatan sezilarli yaxshilanishlarga ega. U IP67 chang va suvga chidamlilik sertifikatiga ega bo‘lib, seriyadagi ilk smartfon sifatida bu xususiyat bilan ta’minlangan. Shuningdek, u 6,7 dyuymli Super AMOLED displey va yanada zamonaviy dizaynga ega.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Galaxy A26, A36 va A56 sotuvga taqdim etilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek