Toshkent aeroportida o‘tkaziladigan spotting-tur uchun arizalar qabuli boshlandi

eʼlon qilindi
3-aprel kuni soat 18:00 gacha qabul qilinadi
toshkent airport
Toshkent aeroportida o‘tkaziladigan spotting-tur uchun arizalar qabuli boshlandi / Foto: Uzbekistan Airports

Uzbekistan Airports Toshkent xalqaro aeroportida professional spotting-tur uchun arizalar qabulini boshladi. Bu haqda kompaniya rasmiy kanalida e’lon qildi.

Spotting-turda ishtirok etishni xohlovchilar arizalarni va pasport skanerini pr@uzairports.com elektron manziliga yuborishi kerak. Arizalar 3-aprel kuni soat 18:00 ga qadar qabul qilinadi.

Qatnashuvchilarga professional foto va video uskunalari mavjudligi, aviatsiya mavzularida ijtimoiy tarmoqlarda sahifaga egaligi hamda professional spotterlar resurslarida, nashrlarida chop etilgan yoki suratlari joylashtirilgan bo‘lishi ustunlik beradi.

Arizasi ma’qullangan qatnashchilarga 15-aprelgacha javob xati yuboriladi. Ishtirokchilar soni cheklangan. Tadbir shu yilning 25-aprelida o‘tkazilishi kutilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan maktab bitiruvchilari uchun fan olimpiadasi o‘tkazilishi, sovrin Damas avtomobili ekanligi haqida yozgandi.

Shuningdek