Toshkentliklar murojaatining eng koʻp qismi qaysi yoʻnalishga toʻgʻri keladi
eʼlon qilindi
Mart oyi oxirigacha 13,4 mingta murojaat kelib tushgan

28-mart holatiga koʻra, Xalq nazorati portaliga 13,4 mingdan ortiq murojaatlar kelib tushgan. Ularning 34,6 foizi uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasiga toʻgʻri keldi, deya xabar bermoqda poytaxt hokimligi axborot xizmati.
Murojaatlarning 15,3 foizi asfalt, yoʻllar va piyodalar yoʻlaklari bilan bogʻliq muammolarga toʻgʻri kelgan. Murojaatlarning 4,5% va 4,3% mos ravishda obodonlashtirish va ekologiyaga tegishli.
Muammolar Uchtepa, Mirobod va Olmazor tumanlarida eng samarali hal etilgan.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Toshkent shahrida ko‘cha-yo‘l tarmog‘ini ta’mirlash va rekonstruksiya qilish bo‘yicha ishlar boshlangani haqida yozgan edi.