Xiaomi aksiyalari SU7 avtohalokatidan keyin 5,5 foizga tushib ketdi

1-aprel 2025 13:24 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir
Xiaomi
Xiaomi aksiyalari SU7 avtohalokatidan keyin 5,5 foizga tushib ketdi / Foto: Depositphotos

Xiaomi aksiyalari SU7 avtohalokatidan keyin 5,5 foizga tushib ketdi. Bu haqda Bloomberg nashri xabar bermoqda.

SU7 elektromobillaridan biri avariyaga uchraganini tasdiqlaganidan keyin Xiaomi korporatsiyasi aksiyalari Gonkong savdolarida tushib ketdi. Qimmatli qogʻozlar tushdan keyingi savdolarda 5,5% ga pastlagan.

Xiaomiʼning dastlabki hisobotiga koʻra, avtomashinaning ilgʻor haydovchiga yordam funksiyasi halokatdan 20 daqiqadan kamroq vaqt oldin ishga tushgan va haydovchi rulni ushlab turmagani haqida ogohlantirishlar koʻtarilgan. Hodisa yoʻlda toʻsiqlar paydo boʻlishi haqida ogohlantirish yuborilganidan bir necha soniya oʻtgach sodir boʻlgan va haydovchi gʻildirak boshqaruvini qaytarib olgan.

Oʻzining smartfonlari bilan mashhur boʻlgan Xiaomi elektromobillarga oʻtishi bilan bir zumda muvaffaqiyatga erishgan edi. U oʻtgan oy 2025 yilgi savdo maqsadini 350 ming donaga koʻtargan.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Xiaomi SU7 Proʻni yetkazib berish muddati 2026-yilgacha choʻzilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek