Xitoy armiyasi Tayvan yaqinida harbiy mashgʻulotlarni boshladi

Xitoy harbiylari Tayvan yaqinida flot va raketa qoʻshinlarining qoʻshma mashgʻulotlari boshlanganini e’lon qildi. Bu haqda Xinhua nashri xabar berdi.
Xitoy sharqiy jangovar qoʻmondonlik zonasi vakili Shi Ining soʻzlariga koʻra, bu Tayvan mustaqilligi tarafdorlari uchun «jiddiy ogohlantirish» va «kuchli toʻxtatuvchi omil». Mashqlar Xitoyning milliy suvereniteti va birligini himoya qilishga qaratilgan.
Manyovrlar dengiz va havoda jangovar patrullik qilish, dengiz va quruqlikdagi nishonlarga zarba berishni mashq qilish, shuningdek, asosiy hududlar ustidan nazorat oʻrnatishni oʻz ichiga oladi.
Eslatib oʻtamiz, 18-mart kuni Tayvan harbiy mashg‘ulotlar chog‘ida Xitoyning ehtimoliy hujumi 2027-yilda sodir bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagan edi.
Amerikalik harbiylar va ekspertlar orolni qamal qilish ehtimoliy ssenariylarini koʻrib chiqishdi. The Wall Street Journal nashriga koʻra, bunday qamal Tayvan uchun jiddiy tahdid bo‘lishi mumkin.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Si Szinpin Xitoy armiyasini urushga tayyorlayotgani haqida xabar bergan edi.