Xitoy havo taksi reyslariga ruxsat berdi

1-aprel 2025 16:23 eʼlon qilindi

Pavel Goryachkin

Pavel Goryachkin

Muxbir
Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir
Havo taksi
Xitoy havo taksi reyslariga ruxsat berdi / Foto: EHang

Xitoy ikki kompaniyaga uchuvchisiz uchish apparatlarida yoʻlovchi tashishga ruxsat berdi. Bu haqda Gonkongning South China Morning Post nashri xabar bermoqda.

Ehang Holdings va Hefei Hey Airlines aviakompaniyalari Xitoy fuqaro aviatsiyasi maʼmuriyatidan havo operatori sertifikatlarini oldi. Ikkala kompaniya ham bir va ikki oʻrindiqli yoʻlovchi dronlarini ishlab chiqmoqda.

Dronlardan diqqatga sazovor joylarga sayohat qilish va odamlarni tashish uchun foydalanish rejalashtirilgan.

Xitoy rasmiylariga koʻra, Xitoyning past togʻli iqtisodiyoti 2025-yilda $207 mlrdga etadi. Bozor havo yuklari, yoʻlovchi tashish va boshqa faoliyat sohalarini qamrab oladi.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri BYD va DJI avtomobillar uchun dron tizimini taqdim etgani haqida yozgan edi.

Shuningdek