Yaponiya AQShdan avtomobil tariflarini bekor qilishni talab qilmoqda

eʼlon qilindi
Yaponiyada inflyatsiya 3,7 foiz
Ishiba
Yaponiya AQShning avtomobil tariflaridan ozod qilishini talab qilmoqda / Foto: Depositphotos.com

Yaponiya Bosh vaziri Shigeru Ishiba 2025-yil 1-aprelda Bosh vazirning ofisida boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida AQShdan tariflarini bekor qilinishini talabi haqida maʼlum qilgan. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

AQSh payshanba kunidan boshlab avtomobil importiga 25 foizlik tariflarni joriy qiladi. Yaponiya Qoʻshma Shtatlarni avtomobil tariflaridan ozod qilish uchun harakat qilishda davom etadi. Ishiba matbuot anjumanida hukumat iqtisodiyotni yuqori tariflardan himoya qilish uchun koʻrishi mumkin boʻlgan choralar qatorida pul mablagʻlari taqchil boʻlgan firmalarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash lozimligini qayd etgan.

Hukumat idoralari amerikalik hamkasblari bilan Vashingtonning tarif rejalari boʻyicha batafsil maʼlumot olish uchun muzokaralar olib bormoqda.

«Hukumatimiz tez orada Qoʻshma shtatlar maʼmuriyati bilan muzokaralar olib boradi. Biz ham ularga javob berish uchun aniq chora koʻramiz», — degan bosh vazir Ishiba

Yuqori tariflar Toyota Motor Corp va Honda Motor Co kabi yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilarni tashvishga solmoqda. Ularning AQShga eksporti Yaponiya iqtisodiyoti uchun asosiy omil hisoblanadi.

Maʼlumot oʻrnida qayd etish joizki, Yaponiya iqtisodiyotining yirik qismi eksportga bogʻliq. Mamlakatda oziq-ovqat narxining oshishi fonida inflyatsiya 3,7 foizni tashkil qilgan.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yil Yaponiya bosh vaziri Isibaning korteji avariyaga uchragan edi.

Shuningdek