Poytaxtda yuk mashinalari harakati to‘liq cheklanadi – YHXB
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        4-apreldan 9-aprelga qadar
                    
                            
2025-yil 4-apreldan 9-aprelgacha Toshkent shahrida Parlamentlararo Ittifoqning 150-yubiley assambleyasi tadbirlari bo‘lib o‘tadi. Shu sababli, ushbu kunlarda poytaxtning markaziy ko‘chalarida yuk transport vositalarining harakati to‘liq cheklanadi, deya ma’lum qildi IIBB YHXB.

Unga ko‘ra, qurilish obyektlarida ishlayotgan va yuk tashish bilan shug‘ullanayotgan haydovchilarga faqat Toshkent halqa yo‘li orqali harakatlanish tavsiya etiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 3 – 5-aprel kunlari Samarqandga kirish yo‘llari vaqtincha yopilishi haqida xabar bergan edik.
