236 ming nafar oʻzbekistonlik dasturlashni bepul oʻrgandi

Toʻrt oy davomida 236 mingdan ortiq oʻzbekistonlik bepul onlayn dasturlash kurslarini muvaffaqiyatli tamomlab, xalqaro sertifikatlarga ega boʻlgan. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi xabar bermoqda.
«Bir million dasturchi» dasturi doirasida talab yuqori boʻlgan IT-kasblari boʻyicha oʻqitish yoʻlga qoʻyilgan.
Soʻnggi toʻrt oy ichida respublika aholisi koʻpincha kirish dasturlash kursini oʻtashdi.
Eng koʻp xalqaro sertifikatlarni Xorazm viloyati, Qoraqalpogʻiston va Samarqand viloyati aholisi olgan. Shuningdek, Jizzax va Surxondaryo viloyatlarida dasturlashga qiziqish sezilarli darajada oshdi.
Raqamli texnologiyalar vazirligi aprel oyida bepul onlayn kurslarga roʻyxatdan oʻtish Uzbekcoders platformasida ochiqligini eslatgan.
Kursiv Uzbekistan IT Park Uzbekistan va Qozogʻistonning Astana Hub texnoparki Shanxayda xalqaro markaz ochishi haqida yozgan edi.