AQSH dollarining rasmiy kursi yana oshdi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
26,76 so‘mga oshdi

7-apreldan AQSh dollarining rasmiy kursi 26,76 so‘mga oshib, 12 947,20 so‘mni tashkil etadi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.
Mamlakatdagi tijorat banklari bir AQSh dollarini 12 860 – 12 915 so‘mdan sotib olayotgan bo‘lsa, 12 930 – 13 000 so‘m oralig‘ida sotmoqda.
Shu bilan birga, yevro 30,04 so‘mga tushib, 14 222,50 so‘mga yetdi. Rossiya rubli esa 0,14 so‘mga tushib, 153,38 so‘mga teng bo‘ldi.
Kursiv Uzbekistan’ga sharh bergan tahlilchilarning fikricha, yil oxirigacha AQSh dollari 13 700 – 13 800 so‘mga yetishi mumkin.