Brent neftining narxi $69 dan pastga tushdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
OPEC tomonidan e’lon qilingan sababli
Brent neft
Brent neftining narxi $69 dan pastga tushdi / Foto: Shutterstock.com

Brent neftining narxi $69 dan pastga tushdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, bu 2025-yil 11-martdan beri birinchi marta roʻy berdi. Toshkent vaqti bilan soat 12:00 ga kelib, Brent narxi 1,55 foizga pasayib, $69,05 ga yetdi. Soat 12:18 ga kelib narx yana pasayib, $68,76 ni tashkil etdi.

Buning asosiy sababi sifatida 3-aprelda OPEC tomonidan e’lon qilingan qaror koʻrsatilmoqda. Unda OPEC+ning sakkiz mamlakati may oyida neft ishlab chiqarishni kuniga 411 ming barrelga oshirishini ma’lum qilgan.

Bu qaror avvalgi rejaga qaraganda 135 ming barrelga koʻproq ishlab chiqarishni anglatadi. Mutaxassislar buni ishlab chiqarish hajmlarining tiklanishiga olib kelishi mumkin, deb hisoblamoqda.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan neft va gaz quduqlarini sinash RFBda listing olgani haqida yozgan edi.

Shuningdek