Mirziyoyev: «Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘zaro hamkorlikka tobora ko‘proq ehtiyoj sezmoqda»

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Foto: Prezident matbuot xizmati

Samarqandda bo‘lib o‘tgan «Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi» birinchi sammitida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mintaqa davlatlari va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlikning muhimligini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, geosiyosiy ziddiyatlar va global tahdidlar kuchayib borayotgan bir sharoitda hech bir mintaqa xalqaro hamkorliksiz o‘z oldida turgan murakkab masalalarni mustaqil hal eta olmaydi. Shu bois Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘zaro yaqin hamkorlikka tobora ko‘proq ehtiyoj sezmoqda.

Sammitda Yevropa Ittifoqining asosiy institutlari rahbarlari ishtirok etib, Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi. Shuningdek, O‘zbekiston yetakchisi mintaqadagi iqtisodiy integratsiya jarayonlari jadallashayotganini qayd etib, qo‘shni davlatlar o‘rtasidagi savdo va investitsiya loyihalarining kengayib borayotganini e’tirof etdi.

Mirziyoyev o‘z nutqida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi mintaqaviy integratsiya jarayonlarida muhim bosqich bo‘lishini ta’kidlab, Yevropa tomonini ushbu jarayonlarni faol qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samarqandda «Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi» birinchi sammiti boshlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek