2025-yilda Oʻzbekistonga qancha telefon import qilindi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Telefonlar importi
Telefon imporrti
Oʻzbekiston ikki oyda nechta telefon olib kirdi? / Foto: Vojtech Bruzek / Unsplash

2025-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekistonga $60 mlnlik 552,6 ming dona mobil telefon import qilingan. Bu haqda Milliy statistikasi xabar bermoqda.

Yetkazib berishning asosiy qismi Xitoyga toʻgʻri keldi. Ushbu mamlakat 404,1 ming qurilma yetkazib berdi.

Mamlakatimizga mos ravishda 129,5 ming va 14,2 ming dona telefon yetkazib bergan Vyetnam va Hindiston kuchli uchlikka kirgan.

Oʻtgan 2024-yilning ilk ikki oyida ham Xitoy (535,6 ming), Vyetnam (117,7 ming) va Hindiston (4,8 ming) kuchli uchlikni egallagan.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan 2024-yilda Oʻzbekistonga qancha telefon import qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek