O‘qituvchilar uchun malaka toifa sinovlari sanalari ma’lum bo‘ldi

eʼlon qilindi
15-apreldan 16-maygacha
Qaysi toifadagi pedagoglar attestatsiyaga jalb etilmaydi
Foto: Imtihon.uz

Xalq ta’limi tizimidagi pedagoglar uchun 2025-yilning birinchi yarmida o‘tkaziladigan malaka toifa sinovlari sanalari belgilandi. Bu haqda Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligi xabar berdi.

Sinovlar maktabgacha, umumta’lim va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida faoliyat yurituvchi o‘qituvchilarni qamrab oladi.

Fanlar kesimida sinov sanalari quyidagicha:

  • 15 – 16-aprel: Rus tili (milliy maktablarda), Rus tili va adabiyoti, Geografiya;
  • 17-aprel: Tarbiya, Davlat va huquq asoslari, Psixolog;
  • 18 – 19, 21-aprel: Ingliz, Fransuz, Nemis, Hind, Turk, Koreys, Xitoy tillari;
  • 22 – 24-aprel: Ona tili va adabiyot (o‘zbek sinflar), O‘zbek tili (Davlat tili);
  • 25 – 26-aprel: Jismoniy tarbiya, Musiqa madaniyati, Tasviriy san’at, Texnologiya;
  • 28 – 29-aprel: Matematika;
  • 30-aprel va 1-may: Biologiya, Kimyo, Fizika;
  • 2 – 3, 5 – 7-may: Boshlang‘ich ta’lim;
  • 8-may: Tarix;
  • 10-may: Chaqiruvga qadar tayyorgarlik, Iqtisod, Defektolog, Logoped, Tojik, Turkman, Qirg‘iz, Qozoq tili va adabiyoti, Madaniyat vazirligi tizimidagi pedagoglar;
  • 12-may: Informatika va axborot texnologiyalari;
  • 13 – 14-may: Maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari (tarbiyachi, psixolog, logoped, musiqachi, jismoniy tarbiya, xorijiy tillar, defektolog, metodist);
  • 15 – 16-may: Qoraqalpoq tili (Davlat tili), Qoraqalpoq tili va adabiyoti.

Qo‘shimcha ravishda, 15-may kuni kasbiy sertifikat sinovlari o‘tkazilishi ham belgilangan.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda maktab o‘qituvchilari soni 16 foizga oshgani haqida yozgandi.

Shuningdek