Primorsk o‘quvchilari O‘zbekistondagi oromgohlarga tashrif buyuradi

eʼlon qilindi
Primorsk va Oʻzbekiston ikki tomonlama turizmni rivojlantirish niyatida
Rus maktabi
Primorsk maktab oʻquvchilari Oʻzbekistonda dam oladi / Foto: Rossiya taʼlim vazirligi

Rossiyaning Primorsk oʻlkasi maktab oʻquvchilari Oʻzbekistondagi bolalar oromgohlariga keladi. Bu haqda TASS viloyat gubernatori Oleg Kojemyakoga tayanib xabar bermoqda.

Kojemyako Primorsk va Oʻzbekiston turizmni oʻzaro asosda rivojlantirish niyatida ekanini taʼkidladi.

«Biz oʻquvchilarimizni tabiiy mevalar bilan toʻyinishlari va yaxshi quyoshli kunlarni oʻtkazishlari uchun yuboramiz. Hamkorligimiz uzoq muddatli va mustahkam boʻlishi uchun hamma narsani qilamiz», — degan gubernator.

Primorsk gubernatori Oʻzbekiston hududga ijodiy guruh yuborishini qoʻshimcha qilgan.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan Rossiya bilan yirik atom elektr stansiyasini qurish imkoniyatlari muhokama qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek