Shahar va viloyatlararo yo‘lovchi tashish bo‘yicha tender e’lon qilindi

eʼlon qilindi
15-may kuni 14:00 da
Foto: Transport vazirligi

15-may kuni shahar va viloyatlararo yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarida ishlash huquqini olish bo‘yicha ochiq tender bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Ushbu tender Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilmoqda. Qarorga ko‘ra, avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha tenderlar elektron shaklda tashkil etilishi belgilangan.

transport, tender
Foto: Transport vazirligi

Jarayon 15-may kuni soat 14:00 da start oladi. Unda ishtirok etish istagidagi tashuvchilar o‘z takliflarini e-tender.uztrans.uz platformasi orqali taqdim etishlari kerak.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan raqobat qo‘mitasi SSV huzuridagi Xaridlar markazining tenderini bekor qilgani haqida yozgandi.

Shuningdek