Shavkat Mirziyoyev iqlim o‘zgarishlariga qarshi global kurashda hamkorlikni kuchaytirishga chaqirdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Bugungi kunda bizning vazifamiz – kelajak avlodlar barqaror, xavfsiz va farovon dunyoda yashashi uchun barcha chora-tadbirlarni ko‘rishdan iborat
Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqandda o‘tgan xalqaro iqlim forumida iqlim o‘zgarishlari va uning salbiy ta’sirlariga qarshi kurashishda mamlakatlararo hamkorlikni kuchaytirishga chaqirdi. Bu haqda Kursiv Uzbekistan muxbiri ma’lum qildi.

Forumda ishtirok etgan Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari bilan birgalikda O‘zbekiston ekologik barqarorlikni ta’minlash, «yashil» energetika va suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha samarali yechimlarni ishlab chiqish zarurligini ta’kidladi.

«O‘zbekistonga xush kelibsiz! Samarqandga xush kelibsiz! Bugungi kunda bizning vazifamiz – kelajak avlodlar barqaror, xavfsiz va farovon dunyoda yashashi uchun barcha chora-tadbirlarni ko‘rishdan iborat. Buning uchun muloqotlarni mustahkamlash, umumiy ezgu maqsadlar yo‘lida birlashgan barcha davlatlarning sa’y-harakatlarini uyg‘unlashtirish zarur», – deydi prezident.

Mirziyoyev, shuningdek, O‘zbekistonning Parij bitimi doirasidagi majburiyatlarini bajarishga tayyorligini hamda mintaqaviy ekologik taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan yangi tashabbuslarni ilgari surdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samarqandda «Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi» birinchi sammiti boshlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek