Yandex Uzbekistan talaba va IT mutaxassislari uchun 65 mln so‘mlik musobaqa e’lon qildi

eʼlon qilindi
Coding and Math Contest intellektual tanlovi
IT
Yandex Uzbekistan talaba va IT mutaxassislari uchun 65 mln so‘mlik musobaqa e’lon qildi / Foto: farknot / depositphotos

Yandex Uzbekistan talabalar va IT sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar uchun mukofot jamg‘armasi 65 mln so‘mlik Coding and Math Contest dasturlash va matematika bo‘yicha intellektual tanlovini e’lon qildi. Bu haqda kompaniya Kursiv Uzbekistan’ga ma’lum qildi.

Tanlov ishtirokchilarga dunyo miqyosidagi ekspertlar tomonidan tuzilgan masalalarni yechish, bilimlarini sinovdan o‘tkazish va qimmatbaho sovrinlarni qo‘lga kiritish imkonini beradi.

Tanlovda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari talabalari va respublikada faoliyat olib borayotgan IT-mutaxassislari qatnashishi mumkin. Ishtirokchilardan zamonaviy dasturlash tillari, algoritmlar, statistika, ehtimollar nazariyasi, matematik analiz va chiziqli algebra bo‘yicha bilimlar talab etiladi.

Musobaqa ikki bosqichda onlayn formatda o‘tkaziladi. Birinchi bosqich dasturlash bo‘yicha masalalar, ikkinchi bosqich matematika bo‘yicha masalalardan iborat.

G‘oliblar 27-aprel kuni New Uzbekistan University’da bo‘lib o‘tadigan tantanali taqdirlash marosimida e’lon qilinadi. Musobaqaning umumiy mukofot jamg‘armasi 65 million so‘mni tashkil etadi. Eng yaxshi 8 nafar ishtirokchi ballariga qarab ushbu mukofotlarni bo‘lib oladi. Shuningdek, g‘oliblarga gadjetlar, Yandex Plus promokodlari kabi sovg‘alar ham topshiriladi.

Shu yilning 18-apreligacha ro‘yxatdan o‘tish kerak. Musobaqa ingliz tili bo‘lib, ishtirok etish bepul.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Yandex Go Qarshida restoranlardan ovqat yetkazib berish xizmatini yoʻlga qoʻygani haqida yozgandi.

Shuningdek