
Mazda kompaniyasining yangi Mazda 6e modelini Xitoyning Changan-Mazda Nanjing zavodida xalqaro bozor uchun ishlab chiqarish boshlandi. Bu haqda Carnewschina nashri xabar berdi.





Ushbu model, asosan Yevropa va janubi-sharqiy Osiyo bozorlariga mo‘ljallangan. Model nomiga qo‘shilgan «e» harfi avtomobilni elektrli transport sifatida osongina tanib olish imkonini yaratadi.
Bu model Mazda EZ-6 modeliga asoslangan bo‘lib, Xitoy bozorida 2024-yil oktabrda sotuvga chiqarilgan. Avtomobilning EV va EREV versiyalari mavjud bo‘lib, ularning narxlari 139,800 – 179,800 yuan (taxminan $19,200 – $24,700) atrofida baholanmoqda.



Mazda 6e Mazda’ning Kodo Soul of Motion dizayn konsepsiyasiga asoslangan. Avtomobilda ko‘plab zamonaviy dizayn elementlari, jumladan, ramkasiz eshiklar, yorug‘lanadigan old grill, yashirin eshik tutqichlari va orqa qanot mavjud.
Ushbu model Yevropa bozorida ikki quvvat versiyasida taqdim etiladi:
- Uzun masofa uchun: 180 kW (241 ot kuchi), 80 kWh batareya va 552 km WLTP masofa;
- Standart uchun: 190 kW (255 ot kuchi), 68,8 kWh batareya va 479 km WLTP masofa.
Mazda 6e tomonidan 2025-yilda yangi SUV modelini ishlab chiqarish ham kutilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Mazda yangi elektr krossoveri EZ-60 tizerini taqdim etgani haqida yozgandi.