«Yosh kitobxon» tanlovi g‘oliblariga BYD Chazor sovg‘a qilindi

eʼlon qilindi
BYD
Uch nafar qizga
Yosh kitobxon
Foto: Yoshlar ishlari agentligi

«Yosh kitobxon» tanlovi 2024-2025-yilgi mavsumining uch nafar g‘oliblariga Prezident sovg‘asi BYD Chazor elektromobillari topshirildi. Bu haqda Yoshlar Ishlari agentligi xabar berdi.

Uch yosh toifasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritganlar quyidagilar:

  • Dilbarxon Haydarova – Toshkent shahar, Bo‘z mahallasidan 10 – 14-yosh toifasi g‘olibi;
  • O‘g‘iljayron Xaldurdiyeva – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, To‘rtko‘l tumani Kaltaminor mahallasidan 15 – 19-yosh toifasi g‘olibi;
  • Maftuna Ochilova – Xorazm viloyati, Nurli hayot mahallasidan 20 – 30-yosh toifasi g‘olibi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Oksana Chusovitinaga BYD avtomobili topshirilgani haqida yozgandi

Shuningdek