Davlat elektr va gaz xarajatlarini kim uchun qoplaydi

eʼlon qilindi
Imtiyozlar 2025-yil 1-maydan 2027-yil 1-aprelgacha amal qiladi
Elektr imtiyozi
Davlat elektr va gaz xarajatlarini kim uchun qoplaydi? / Foto: Unsplash

Oʻzbekistonda «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimi orqali bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi hamda Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan odamlarga elektr va gaz uchun toʻlovlar qisman toʻlanadi. Bu haqda UzA xabar bermoqda.

Imtiyozlar 2025-yil 1-maydan 2027-yil 1-aprelgacha amal qiladi. Shuningdek, oiladagi jon boshiga daromadi minimal iste’mol xarajatlarining 1,5 barobaridan oshmaydigan (taxminan 1 mln soʻm) oilalarga ham beriladi.

Oylik 150 kVt/soatgacha elektr energiyasi va 150 kub metrgacha gaz iste’molini davlat qoplaydi.

Isitish mavsumida 250 kub metrgacha gaz iste’moli uchun sarflangan xarajatlar davlat tomonidan qoplanadi.

Kursiv Uzbekistan nashri svet va gaz narxi may oyidan oshirilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek