
Infinix Tecno bilan birgalikda hidli smartfon chiqarishga qaror qildi. Bu haqda Digit nashri xabar bermoqda.
Bu modelning nomi Note 50s 5G+ boʻlib, uning taqdim etilish sanasi 18-aprelga belgilangan. Bunday hid chiqaradigan texnologiya Energizing Scent-Tech deb ataladi. Aslida, bu orqa qopqoqdagi sun’iy teridagi faol moddaning mikrokapsulyatsiyasidir.
Infinixning aytishicha, telefon nozik hidga ega boʻladi. Shuning uchun u hech qanday noqulaylik tugʻdirmaydi. Biroq qurilma faqat olti oy davomida hid chiqaradi.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Xiaomi arzon Poco C71 smartfonini taqdim etgani haqida yozgan edi.