Mask Trampning tariflariga qarshi ekanini ma’lum qildi

eʼlon qilindi
Shuningdek, Mask tariflariga qarshi
Mask va Tramp
Ilon Mask va Donald Tramp / Foto: IRIS

Ilon Mask Donald Tramp joriy qilgan tariflarga qarshi ekanini qayd etgan. Bu haqda uning oʻzi Italiyada boʻlib oʻtgan «Liga Kongressi»da video havola orqali soʻzlagan nutqida aytib oʻtgan.

Ilon Mask AQSh prezidenti Donald Tramp siyosatiga zid ravishda AQSh va Yevropa Ittifoqi (YI) oʻrtasida erkin savdo hududini yaratishga chaqirganini ham ta’kidlagan.

«Umid qilamanki, Yevropa va AQSh ideal tarzda erkin savdo hududini yaratib, nol tarif holatiga oʻtishi kerakligi toʻgʻrisida kelishuvga erishadi», – degan u.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Ilon Mask boshchiligidagi tejamkorlik choralari doirasida AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) butunlay yopilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek