Mirziyoyev va Aliyev savdo-iqtisodiy sohadagi hamkorlikni muhokama qildi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Davlat rahbarlari telefon orqali muloqot qildi
                    
                            
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ozarbayjonlik hamkasbi Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat davomida yetakchilar ikki tomonlama savdo-iqtisodiy sohalardagi hamkorlikni muhokama qilgan.
Prezidentlar sarmoyaviy va gumanitar sohalardagi loyiha va dasturlarni amalga oshirishni jadallashtirishga ham alohida e’tibor qaratgan.
Shuningdek, boʻlajak oliy darajadagi uchrashuvlar jadvalini muhokama qildilar va mintaqaviy hamkorlik yuzasidan fikr almashilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Prezident Shavkat Mirziyoyev va prezident Ilhom Aliyev 20-mart kuni telefon orqali muloqot qilib, bir-birlarini Navroʻz bayrami bilan tabriklagani haqida yozgan edi.
 
            