
Yaponiya avtomobil ishlab chiqaruvchisi Nissan oʻz ishlab chiqarishining bir qismini AQShga koʻchirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Nissan Yaponiya gʻarbidagi Fukuokadagi zavodida ishlab chiqarishni qisqartirishni va Rogue SUV avtomobilining bir qismini ishlab chiqarishni shu yilning yozida AQShga koʻchirishni rejalashtirgan. Kompaniya AQSh prezidenti Donald Tramp tariflarining ta’sirini yumshatishga umid qilmoqda.
Avvalroq Nissan rahbariyati AQShdagi mijozlar uchun Infiniti QX50 va QX55 premium yangi krossoverlariga buyurtmalarni qabul qilishni toʻxtatishga qaror qilgan edi.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Nissan 2026-yilda Renault Twingo asosida yangi elektromobil ishlab chiqarishini tasdiqlagani haqida yozgan edi.