Oʻzbekistonliklar Kanadaga ishga taklif qilinmoqda

eʼlon qilindi
Maosh $3 mingdan boshlanadi
Kanada
Kanadada oʻzbekistonliklar uchun ish / Foto: Unsplash

Kanadada oʻzbekistonliklar uchun ish: ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish va qurilish kabi sohalarda 30 mingdan ortiq vakansiyalar taqdim etildi. Bu haqda Migratsiya agentligi ma’lum qildi.

Nomzodlardan ingliz, ispan, fransuz tillaridan birini bilishi, jismonan sogʻlom va 18 – 50-yosh oraligʻida boʻlishi talab qilinadi. Shuningdek, ish tajribasiga ega va hech qachon jinoiy javobgarlikka tortilmagan boʻlishi shart.

Ushbu vakansiyalar uchun nomzodlarga $3 ming maosh taklif qilinmoqda.

Ish shartlari va xarajatlar bo‘yicha «GlobalHR» xususiy bandlik agentligi mutaxassislariga murojaat qilishingiz mumkin:

Murojaat uchun: 95-839-99-99, 95-933-09-99 va 95-833-99-90

Telegram orqali @globalhrinfo manziliga murojaat eting.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri oʻzbekistonliklar hamshiralar Qatarga ishga taklif qilinayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek