Parlamentlararo Ittifoqning 150-yubiley assambleyasining birinchi yalpi majlisi boʻlib oʻtdi – foto
eʼlon qilindi
«Ijtimoiy taraqqiyot va adolat uchun parlament harakati» mavzuida

Toshkentda Parlamentlararo Ittifoq assambleyasining 150-yilligiga bagʻishlangan yubiley majlisi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar bermoqda.
Majlis «Ijtimoiy taraqqiyot va adolat uchun parlament harakati» mavzuida boʻlib oʻtgan.



Ochilish nutqini Parlamentlararo Ittifoq prezidenti Tulia Ekson soʻzlagan. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva ham ishtirok etdi.
Norboyeva Oʻzbekistonda ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar va keng koʻlamli tashabbuslarni ta’kidlagan.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Saida Mirziyoyeva birinchi Orol madaniyati sammitining ochilish marosimida ishtirok etgani haqida yozgan edi.