Quyoshda kuchli chaqnash sodir boʻldi
eʼlon qilindi
26 daqiqa davom etgan

Bugun tunda M sinfidagi kuchli Quyosh chaqnashi qayd etildi. Kuzatishlarga koʻra, faollik soat 22:46 da boshlanib, 23:12 da yakunlangan. Bu haqda Rossiya IKI va ISTP Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi saytida xabar berilgan.
Kecha kunduzi va bugunning ilk soatlaridan boshlab Quyoshda C sinfidagi pastroq intensivlikdagi bir nechta chaqnashlar kuzatilgan. Bu ham Quyosh siklining yuqori faolligini koʻrsatadi.
Kuchli chaqnashlar GPS, radioaloqa va hatto elektr tarmoqlarini buzadigan geomagnit boʻronlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan 24-25 mart kunlari kuchli magnit boʻroni Yerga ta’sir etishi kutilgani haqida yozgan edi.