Saida Mirziyoyeva birinchi Orol madaniyati sammitining ochilish marosimida ishtirok etdi

eʼlon qilindi
Tadbir har olti oyda bir marta o‘tkaziladi
Саида Мирзиёева
Saida Mirziyoyeva birinchi Orol madaniyati sammitining ochilish marosimida ishtirok etdi / Foto: Saida Mirziyoyeva telegram kanali

Nukusda birinchi Orol madaniyati sammitining ochilishi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Oʻzbekiston Prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva ishtirok etdi.

Tadbir har olti oyda bir marta oʻtkaziladi. Sammit chogʻida Mirziyoyeva mazkur tadbirning respublika uchun ahamiyatini alohida qayd etgan.

«Biz koʻp yillardan buyon turli darajadagi tadbirlar va minbarlardan turib Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish – birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan hal etilishi zarur boʻlgan umumjahon vazifa ekani haqida tinimsiz gapirib kelmoqdamiz», – degan Mirziyoyeva.

Prezident yordamchisi, shuningdek, mintaqaning betakror madaniyatini asrab-avaylash va munosib kelajakni ta’minlash uchun unga e’tibor qaratish muhimligini ta’kidlagan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Samarqand YUNESKO bosh konferensiyasiga mezbonlik qilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek