
Bugun U-17 Osiyo kubogi 2-turidan oʻrin olgan Xitoy – Oʻzbekiston uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda hamyurtlarimiz Chin yurti vakillariga qarshi oʻyinda gʻalaba qozondi.
Birinchi boʻlimning 33-daqiqasida Jang Chengrui darvozamizni ishgʻol etdi. Oʻyinning ilk goliga Vey Syansin hammualliflik qildi.
Birinchi boʻlimga qoʻshib berilgan dastlabki daqiqada Sadriddin Hasanov hisobni tenglashtirdi.


Ikkinchi boʻlimning 86-daqiqasida Asilbek Aliyev jamoamizni oldinga olib chiqdi – 2:1
Ushbu oʻyin muhim boʻlib, Xitoy ustidan qozonilgan gʻalaba U-17 terma jamoamizni jahon chempionatiga chiqish imkoniyatini oshiradi.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Abduqodir Husanov sabab Markaziy Osiyo futboliga qiziqish oshgani aytilgani haqida yozgan edi.