Xiaomi arzon Poco C71 smartfonini taqdim etdi

eʼlon qilindi
Hozircha Hindistonda
Poco C71
Xiaomi arzon Poco C71 smartfonini taqdim etdi / Foto: Poco

Xiaomi tomonidan Hindistonda yangi Poco C71 smartfoni taqdim etildi. Bu haqda Notebookcheck nashri xabar bermoqda.

Poco C71 HD+ piksellar soniga va 120 Gts kadr tezligiga ega 6,88 dyuymli IPS ekrandan inorat. Model 32 megapikselli asosiy va 8 megapikselli old kamera, Unisoc T2750 Max bir chipli tizimi, 6 Gb gacha operativ xotira va 128 Gb ichki xotiraga ega.

Foto: Poco

Batareya quvvati 5200 mA / soatni tashkil etadi. Qurilma yon barmoq izi skaneri, standart quloqchin ulagichi va LTE modem bilan jihozlangan. Qalinligi 8,2 mm, ogʻirligi 193 gramm. Narxi taxminan $76 dan boshlanadi.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan Xiaomi Redmi A5 taqdim etgani haqida yozgan edi.

Shuningdek