7-aprel kuni havo harorati ayrim joylarda 33° gacha ko‘tariladi

7-aprel kuni O‘zbekiston bo‘ylab ob-havo biroz bulutli bo‘ladi. Ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin, deya xabar bermoqda «O‘zgidromet».
Unga ko‘ra, Toshkent shahrida kechasi yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi havo ochiqroq, harorat 26-28° atrofida bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazmda yog‘ingarchilik kutilmaydi, havo iliq bo‘lishi kutilmoqda. O‘rtacha harorat 23-28°ni tashkil qiladi.
Navoiy va Buxoroda ham ob-havo sokin, harorat 25-30° gacha ko‘tariladi.
Toshkent viloyatida kechasi yomg‘ir yog‘ib o‘tishi mumkin, kunduzi esa quruq va iliq bo‘ladi, o‘rtacha harorat 25-30° bo‘lishi kutilmoqda.
Sirdaryo, Jizzax, Samarqandda yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat 30° gacha ko‘tariladi.
Qashqadaryo va Surxondaryoda esa yanada issiq, 33° gacha bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘onada kechasi yomg‘ir yog‘adi, kunduzi havo ochiqroq bo‘lishi kutilmoqda – 23-28°.
Tog‘li hududlarda esa yomg‘irli ob-havo saqlanib turadi, qor ko‘chishi va sel xavfi bor. Harorat 15-20° bo‘ladi.