
Xitoyning Xpeng kompaniyasi sun’iy intellekt bilan jihozlangan yangi Xpeng X9 minivenini taqdim etdi. Ushbu model orqa g‘ildiraklar rul boshqaruvi va adaptiv osma tizimiga ega bo‘lgan dunyodagi yagona avtomobil hisoblanadi, deya xabar bermoqda Weibo.
Unga ko‘ra, Xpeng X9 7 o‘rinli, ultra qulay va zamonaviy dizaynga ega. Old o‘rindiqlarda massaj funksiyasi, 23 karnayli audio tizim, katta sensorli ekran va ovozli boshqaruv mavjud. Avtomobil 5,7 soniyada 100 km/soat tezlikka chiqadi, maksimal tezligi esa 200 km/soatni tashkil etadi.

Uch xil akkumulyator variantiga ega Xpeng X9 to‘liq zaryadda 702 km gacha yuradi. 10 daqiqalik tez zaryad esa 300 km masofani bosib o‘tish imkonini beradi.
Bu model aqlli haydovchi tizimi, kuchli chiplar va maksimal darajada qulaylik bilan ajralib turadi. Narxi $49 mingdan boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kia Sonet narxi qanchaga oshgani haqida yozgan edik.