Olimlar oziq-ovqat allergiyasini to‘xtatadigan maxsus immun hujayrani aniqladi

Vashington universiteti tibbiyot fakulteti olimlari oziq-ovqat allergiyasining rivojlanishiga toʻsqinlik qiluvchi maxsus turdagi immun hujayrani aniqlashdi. Tadqiqot natijalari Cell nashrida chop etildi.
Maxsus immun – «RORgt+» hujayralari ichaklarda topiladi va oziq-ovqat allergenlariga tolerantlikni rivojlantirishda asosiy rol oʻynaydi. Ularsiz hayvonlarda yalligʻlanish va zararsiz tuxum oqiga allergik reaksiya paydo boʻlgan.
Tadqiqot mualliflari «RORgt+» hujayralari immunitet tizimining boshqa a’zolariga oziq-ovqat xavfli emasligini «tushunishlariga» yordam beradi. Tajriba sifatida sichqonlarning ichaklaridan bu hujayralarni olib tashlashgan. Buning natijasida hayvonlarda oziq-ovqatga nisbatan tolerantlik yoʻqolib, allergiya belgilari paydo boʻla boshlagan.
Olimlarning ta’kidlashicha, odamlarda ham xuddi shunday hujayralar mavjud. Ular allergik reaksiyaning boshlanishiga toʻsqinlik qiladigan terapiyani yaratish imkonini beradi.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri sport zaliga bormasdan ortiqcha vaznni yoʻqotishga yettita mashq haqida yozgan edi.