Avto

Audi A6 sedanining suratini taqdim etdi

15-aprelda toʻliq taqdim etiladi
Audi
Audi A6 sedanining birinchi suratini taqdim etdi / Foto: Audi

Audi kompaniyasi A6 sedanining suratini taqdim etdi. Bu haqda 32cars nashri xabar bermoqda.

Suratda OLED faralar va orqada joylashgan uzluksiz LED tasmasi koʻrsatilgan. Yangi A6 dvigatellarning turbo quvvatli 2,0 va 3,0 litrli agregatlar, TDI dizel varianti bilan jihozlanishi kutilmoqda. Quvvat diapazoni 201 dan 362 ot kuchigacha boʻladi.

Audi A7 Sportback modeli toʻxtatilganini va A6 nomini A7 ga oʻzgartirish gʻoyasidan voz kechganini tasdiqladi. Sedan hajmi biroz kattalashib, uzunligi 58 mm ga ortadi.

Sedan rasmiy ravishda 15-aprelda taqdim etiladi. Modelning Yevropadagi sotuvi 2025-yil oxirida boshlanishi rejalashtirilgan.

Eslatib oʻtamiz Kursiv Uzbekistan nashri Audi 7,5 mingta ish oʻrnini qisqartirishni rejalashtirgani haqida yozgan edi.