Bitcoin narxi qariyb $77 minggacha pasaydi

2025-yilning 7-aprelida savdo boshlanishida Bitcoin narxi qariyb $77 minggacha pastladi. Bu haqda Investing nashri xabar bermoqda.
Boshqa yirik kriptovalyutalarda ham sezilarli pasayish kuzatildi. Ethereum 12,15%, Ripple 10,54%, Cardano 11,20%, Solana 11,66% gacha pasaydi. Kriptovalyuta bozorining umumiy kapitallashuvi bir hafta ichida taxminan $500 mlrdga kamaygan.
Kriptoaktivlarda pastlash AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan joriy etilgan yuqori bojlar global savdo urushi qoʻrquvini kuchaytirgan bir paytda sodir boʻlmoqda. Bu ekspertlarning Tramp ma’muriyati davrida kriptovalyuta bozorining narxlarida keskin oʻsish qayd etilishi mumkin degan taxminini kuchsizlantirmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri avvalroq Prezident Donald Tramp tomonidan AQShning Xitoy, Kanada va Meksikaga import tariflari joriy qilinishi haqidagi bayonotidan soʻng kripto bozorida katta pasayish kuzatilgani haqida yozgan edi.