
Bo‘stonliq tumanida yangi «Chorvoq darvozasi» dam olish va turarjoy majmuasi ochildi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Majmua Xo‘jakent hududidagi Chirchiq daryosi bo‘yida, 24,5 gektar maydonda barpo etilgan bo‘lib, qurilishning birinchi bosqichi yakuniga yetkazildi. Loyiha uchun Milliy bank tomonidan mablag‘ ajratilib, 100 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Loyiha doirasida akvapark, to‘rt qavatli mehmonxona, turarjoy binolari, sayilgoh, umumiy ovqatlanish shoxobchasi hamda avtoturargohlar qurilishi ko‘zda tutilgan.
Loyiha to‘liq ishga tushirilishi joriy yil yoz fasliga mo‘ljallangan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkent viloyatida biznes vakillarining murojaatlari uchun quticha oʻrnatilishi haqida yozgandi.