Davlatga ixtiyoriga qaytarilgan «Kvarts» aksiyalari 22 foizga oʻsdi

«Toshkent» respublika fond birjasida (RFB) joy olgan yuqori likvidli aksiyalarning aksariyati 28-martdan 4-aprelgacha boʻlgan davrda turli dinamikani koʻrsatib, UCI fond indeksi 0,11 foizga oshdi.
Eng katta oʻsishga erishgan kompaniyalar qatoridan «Aloqabank»ning imtiyozli aksiyalari (+14,09%), «Kvarts» (+22,94%) va «Oʻzbektelekom” (+17,79%) joy oldi.

Aksiyalari haftani salbiy natija bilan yakunlagan kompaniyalar orasida esa «Ipak yoʻli banki» (-14,48%), «Oʻzbekgeofizika» (-5,21%) va «Oʻzbekiston pochtasi» (-5,04%) yetakchilik qildi.
Aprel oyiga doir yuqori likvidli aksiyalar ro‘yxatida qator o‘zgarishlar yuz berdi. Xususan, ushbu oyda «Ipoteka-bank»ning oddiy va imtiyozli aksiyalari, «Turon bank», «Universal bank», «O‘zbekneftgaz» hamda «UzAuto Motors» aksiyalari yuqori likvidli aksiyalar ro‘yxatidan chiqarildi.
Ularning o‘rnini esa «O‘zbekgeofizika», «Kapital sug‘urta» va «O‘zbektelekom» kompaniyalarining aksiyalari egalladi. Natijada aprel oyida jami 19 ta kompaniya aksiyalari yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlar safidan joy oldi.
Yuqori likvidli aksiyadan 9 tasi haftani ijobiy, bittasi oʻzgarishsiz, qolgan 9 tasi salbiy natija bilan yakunladi. Shu davrda fond birjasidagi umumiy savdo hajmi 11,49 milliard soʻm boʻldi. Birja savdolari soni esa 5,8 mingtani tashkil etdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan UCI fond indeksi 2,42 foizga kamaygani haqida xabar bergan edi.