Dollarning rasmiy kursi ketma-ket uchinchi kun oshdi
eʼlon qilindi
8-apreldan 19,18 so'mga oshadi

8-apreldan AQSh dollarining rasmiy kursi 19,18 so‘mga oshib, 12 966,38 so‘mni tashkil etadi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.
Mamlakatdagi tijorat banklari bir AQSh dollarini 12 875 – 12 940 so‘mdan sotib olayotgan bo‘lsa, 12 960 – 13 030 so‘m oralig‘ida sotmoqda.
Shu bilan birga, yevro 8,75 so‘mga tushib, 14 213,75 so‘mga yetdi. Rossiya rubli esa 3,15 so‘mga tushib, 150,23 so‘mga teng bo‘ldi.
Kursiv Uzbekistan’ga sharh bergan tahlilchilarning fikricha, yil oxirigacha AQSh dollari 13 700 – 13 800 so‘mga yetishi mumkin.