
Euronews Toshkentda yangi ofis ochishini ma’lum qildi. Kompaniya LinkedIn’dagi rasmiy sahifasida bu haqda ma’lumot berdi.
Euronews saytida kompaniyaning Toshkentdagi jamoasi prodyuser qidirayotgani haqida xabar berilgan. Ish boshlanishining taxminiy sanasi — 2025-yil 1 may.
Euronews 1993-yilda Fransiyada tashkil topgan xalqaro yangiliklar tarmog‘idir. U 160 dan ortiq mamlakatda efirga uzatiladi. Kompaniya dunyo bo‘ylab siyosiy va iqtisodiy yangiliklarni yoritadi.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Euronews telekanaliga bergan intervyusida telekanal bilan aloqalar yo’lga qo’yilishi aytib o’tilgan edi.