GM Chevrolet bilan 2025-yilni so‘nggi yetti yildagi eng yaxshi natija bilan boshladi

7-aprel 2025 13:01 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir
GM
GM savdosi AQShda 17 foizga oshdi / Foto: Depositphotos.com

AQShda General Motors Chevrolet brendlarini ishlab chiqarishni 2025-yilni 2018-yildan beri eng yaxshi natija bilan boshladi. Equinox va Traverse ishlab chiqarishda mos ravishda 31 foiz va 62 foizga yuqorilagan.

General Motors’ning AQShda sotuvlari 17 foizga oshib, 693 mingtaga yetdi. Kompaniya savdo boʻyicha yetakchilikni qoʻliga oldi. Toyota 570 mingta avtomobil bilan ikkinchi oʻrinni egalladi. Ford 501 ming mashina bilan uchinchi oʻrinni qayd etgan.

Kia va Mazda ushbu chorakda kuchli natijaga erishgan. Hyundai va Honda savdosida oʻsishlar qayd etilgan. Biroq AQShda import qilinadigan avtomobillar va butlovchi qismlarga 25 foizlik bojlarning joriy etilishi, hatto, mahalliy ishlab chiqarilgan modellar uchun ham logistikani murakkablashtirishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekistonda Chevrolet Tracker narxi qanchaga oshgani haqida yozgan edi.

Shuningdek