Bill Ekman: Trampning tariflari yadro urushi kabi halokatli oqibatlarga olib keladi

Amerikalik milliarder Bill Ekman tariflarning halokatli ta’sirini yadro urushi oqibatlari bilan taqqosladi. Tadbirkorning X tarmogʻida AQSh prezidenti Donald Trampga murojaati paydo boʻldi.
Ekmanning ta’kidlashicha, tariflar yillar va hatto oʻnlab yillar davomida Qoʻshma Shtatlarga ishonchga putur etkazadi. Savdo cheklovlari sarmoyaga zarar yetkazadi, narxlarning oshishiga va iste’molning keskin pasayishiga olib keladi. Kichik biznes va kam daromadli iste’molchilar eng koʻp zarar koʻradi.
«Bu biz ovoz bergan narsa emas», – deya xulosa qildi Ekman.
Milliarder Donald Trampni tarif qarorini uch oyga kechiktirishga chaqirdi. Bu vaqt ichida prezident jamoasi savdo hamkorlari bilan muzokara olib borishi va Amerika tovarlariga nisbatan adolatsiz cheklovlarni olib tashlashi mumkin boʻladi. Aks holda jahon iqtisodiyoti tanazzulga yuz tutishi mumkin.
Bill Ekman – Pershing Square Capital Management xedj-fondi asoschisi. U o‘n yillar davomida demokratlarni qo‘llab kelgan, biroq 2024-yilda ochiqchasiga Donald Trampni qo‘llab-quvvatlagan.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Trampning bojlari Oʻzbekistonga qanday ta’sir qilishi haqida yozgan edi.