Mirziyoyev va Matviyenko ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildi – video

eʼlon qilindi
Parlamentlararo Ittifoqning 150-yubiley assambleyasida
Mirziyoyev va Matviyenko
Mirziyoyev va Matviyenko ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildi / Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev 7-aprel kuni Parlamentlararo Ittifoqning 150-yubiley assambleyasida Rossiya delegatsiyasiga rahbarlik qilayotgan Rossiya Federal majlisi federatsiya kengashi raisi Valentina Matviyenkoni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shavkat Mirziyoyev uchrashuv avvalida Valentina Matviyenkoni tavallud kuni bilan samimiy tabriklagan.

Video: Prezident matbuot xizmati

Oʻzbekiston bilan Rossiya oʻrtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari koʻrib chiqilgan. Shuningdek, parlamentlararo aloqalar samarali boʻlayotgani yuksak baholangan.

Ikki tomonlama parlament nazorati boʻyicha faol hamkorlikni davom ettirish va savdo-iqtisodiy sheriklik sur’atini ta’minlash, sanoat kooperatsiyasi loyihalarini qoʻllab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilgan.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan Parlamentlararo Ittifoqning 150-yubiley assambleyasining birinchi yalpi majlisi boʻlib oʻtgani haqida yozgan edi.

Shuningdek