Oʻzbekiston Bishkekda savdo uyini ochishni rejalashtirmoqda

Oʻzbekiston Qirgʻiziston poytaxtida savdo uyi ochish va Bishkek-Toshkent logistika yoʻlagi loyihasini ishlab chiqishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Qirgʻiziston Iqtisodiyot va savdo vazirligi xabar qildi.
Qirgʻiziston Iqtisodiyot vazirligi rahbari Baxit Sidiqov va Oʻzbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri oʻrinbosari Akram Aliyev oʻrtasidagi uchrashuvda ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilingan.
Qirgʻiziston tomoni ham Toshkentda savdo uyi ochishni maqsad qilgan. Kelgusida mamlakatlar oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini yiliga $2 mlrdga yetkazishni rejalashtirmoqda. 2024-yil oxiriga kelib savdo hajmi $846 mlnni tashkil etdi.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv uzbekistan nashri Oʻzbekiston va Qirgʻiziston elektr energiyasini almashishi haqida yozgan edi.